Janri bo'yicha sport dramasi va kriminal elementlarni o'zida jamlagan loyiha o'zbek kontentida realizmga yaqin, dolzarb ijtimoiy mavzularni ko'taradi.
10 qismdan iborat serial tomoshabinlarni futbol ortidagi yashirin dunyo — kelishilgan o'yinlar, shantaj va korrupciya bilan yuzma-yuz qiladi. Asar voqealari real hayotdan — Rossiyadagi jahon chempionati vaqtida olingan intervyudan ilhomlanib yozilgan.
Bosh qahramon — yosh futbolchi Jasur, u jarohatdan so'ng pul topish ilinjida noqonuniy stavkalar olamiga kirib ketadi. Dastlab majburiyatdek ko'ringan qaror uni qonun, sport olami va jinoyat dunyosi bilan to'qnashuvga olib keladi.
Scenariyning markazida — “sportda hamisha halollik va adolat uchun joy bor” degan g'oya yotadi. “OUT” — bu nafaqat futbol, balki tanlov, vijdon va tavakkal haqida hikoya.
Shior: “Barcha voqealar allaqachon o'ylab topilgan”.
“OUT” — bu gol emas, qaror hal qiladigan o'yin. Premera 23 aprel, faqat salomtv.uz da.