Superliga. "Qizilqum" – "Qo'qon-1912" 1:0 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 18.04.2025 21:32
  • 150
  • 30

Tez orada Superliga 6-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Qo'qon-1912" uchrashuvi boshlanadi.

Superliga

6-tur

"Qizilqum" – "Qo'qon-1912" 1:0 (LIVE)

Samarqand. "Dinamo" stadioni. 20:15

Gol: Alen Mashovich (Fayzullo Jumanqo'ziev) 56'

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Adham Rixsiboev

Zaxira hakami: Feruzbek Hidoyatov

Nazoratchi: Oleg Dachev

VAR: Naim Qosimov

AVAR: Shohnur Yo'ldoshev

Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov, 5.Dilshod Komilov, 8.Shahzod Rahmatullaev, 10.Roman Papariga, 11.Jambuli Jigauri, 15.Nikola Kumburovich, 18.Farhod Bekmuratov, 23.Samandar Shukurullaev, 70.Alen Mashovich, 77.Fayzullo Jumanqo'ziev, 88.Dushan Miyich.

Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 6.Murodali Usmonov, 7.Davron Anvarov, 9.Humoyun Abdualimov, 17.Akmal Muzaffarov, 19.Ilhom Kenjaev, 33.Sulton Rahmatov, 71.Asadbek Baxshilloev, 79.Diyor Raxmatilloev.

"Qo'qon-1912": 13.Azizxon Isaqov, 4.Asliddin Toshtemirov, 6.Alisher Salimov, 8.Baxtiyorjon Qosimov, 11.Shahzod Beshimov (18.Bahrom Abdurahimov, 55), 19.Shahzod Akramov, 20.Iqboljon Malikjonov, 22.Muhammadanas Hasanov, 23.Bekjon Jo'raboev, 44.Andro Giorgadze, 69.Egor Kondratyuk.

Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 5.Jasurbek Yoqubov, 9.Javohir Husanov, 10.Husniddin G'ofurov, 14.Jasur Xolto'raev, 15.Zafar Hakimov, 17.Alisher Xayrullaev, 30.Ibrohimjon Muxtorov.

Chetlatish: Isboljon Malikjonov (40), Samandar Shukurullaev (45). 

SAHIFANI YANGILASH




56. GOL! Fayzullo Jumanqo'zievning uzatmasidan so'ng Alen Mashovich bosh bilan to'p kiritib, hisobni ochdi!  

55. "Qo'qon-1912"da o'zgarish: Beshimov o'rniga Abdurahimov o'yinga qo'shildi. 

52. Zarba! Shahzod Rahmatullaevning chap oyoqda yo'llagan aylanma zarbasidan so'ng Azizxon Isaqov to'pni ilib oldi. 

49. Zarba! Shahzod Rahmatullaevning olisdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

45. Beshimovni yiqitgan Samandar Shukurullaev ogohlantirildi. 

43. Fayzullo Jumanqo'ziev maydon tashqarisida jahl ustida Shahzod Akramovni tepdi, hakam og'zaki tanbeh bilan kifoyalandi.  

42. Buyog'iga qo'qonliklar bir kishi kam bo'lib harakat qilishadi. "Qizilqum" esa bundan unumli foydalanishga harakat qiladi. 

40. Iqbol Malikjonovga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatildi! U ortdan turib Fayzullo Jumanqo'zievning oyog'ini bosib olgandi. 

38. Uuuuux! Shukurullaevning bosh bilan bergan zarbasidan keyin to'p ham darvoza ustuniga, ham himoyachiga tegib, maydondan chiqib ketdi.  

36. "Qizilqum"ning hujumlari himoyaga qadar qaytib keldi va Dushan Miyich qanot orqali to'pni ichkariga oshiraman deb, to'pni tribuna tomon tepdi. 

31. "Qo'qon-1912" qarshi hujumga o'tdi. Shahzod Beshimov jarima maydonchasiga yaqin hududda darvozani poylashga urindi, biroq to'p himoyachiga tegib qoldi. 

27. Nikola Kumburovich Shahzod Beshimovga nisbatan qo'pollik ishlatdi, qo'qonliklarda jarima zarbasi. 

26. Muhammadanas Hasanovning chap oyoqda oshirib bergan pasidan keyin to'p havoning o'zida maydondan chiqib ketdi. 

25. "Qo'qon-1912" chap qanotdan hujum uyushtirib burchak zarbasi ishlab oldi. 

22. Zarba! Dushan Miyichning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

18. Zarbaaa! Hujumchi Roman Papariganing jarima maydonchasi ichida yo'llagan kuchli zarbasidan keyin Isaqov to'pni qaytarishga erishdi.  

16. Uuuux! Qosimovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasidan keyin to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. 

14. Shahzod Akramovdan Egor Kondratyuk tomon havodan uzatma etib keldi, biroq hujumchi ofsaydda qolgani malum bo'ldi.  

11. Zarbaaa! Shahzod Rahmatullaevning olisdan yo'llagan zarbasini Azizxon Isaqov bartaraf etdi! 

7. Iqbol Malikjonov katta tezlikda oldinga intildi, ammo so'nggi pallada himoyachi to'sig'iga duch keldi. 

4. Jamoalar hozircha bir-birlarini o'rganish bilan band. 

1. Bahs boshlandi!

- Uchrashuv soat 20:15 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар