- Hozir Superliga va Proliga jamoalari bir xil holatda. Chunki kubok va chempionat o'yinlari bir vaqtda davom etyapti. Ha, sekinlik bilan o'yinlar soni ko'payib bormoqda. Yigitlarga rahmat aytaman, bugun ular katta kuch yo'qotishdi. Garchi ikkinchi bo'limda tashabbus "Bunyodkor" tomonida bo'lgan bo'lsa-da, futbolchilarim g'alaba sari harakat qilishdi. Quvonarli jihati shundaki, biz ularning hujumlariga o'z hujumlarimiz bilan javob bera oldik. Ochkoning biz uchun qiymati yuqori. Kiyim almashtirish xonasida bizga "Xorazm" o'z tarixida ilk marta "Bunyodkor"dan ochko olganini aytishdi. Ming kilometr uzoqdan kelgan muxlislarga, barchaga minnatdorlik bildiraman.
- Jamoaning so'nggi turlardagi vaziyatlardan foydalanish jihati haqida nima deya olasiz?
- Chempionatda OKMK va "Bunyodkor"ga qarshi o'ynadik. Bu uchrashuvlar orqali hujumda o'z ustimizda ishlashimiz kerakligi ko'rindi. Umumiy olganda bizning jismoniy holatimiz yomon ko'rinmadi. Garchi futbolchilarim so'nggi daqiqalarga qadar turib berayotgan bo'lsa-da, biz bu planda ko'prog'ini istaymiz. Ko'p vaziyatlar yaratyapmiz, biroq ulardan foydalanish qiyin kechmoqda. Shuningdek, golga beriladigan so'nggi pas bo'yicha qiladigan ishlarimiz juda ko'p.
- Urganchdagi stadion tayyor bo'lib qoldimi? Maydonning holati qanday bo'ladi?
- Eng so'nggi avlod suniy chimini yotqizishdi. Stadion zo'r, tayyor desak ham bo'ladi. Stadionning boshqa jihatlari bo'yicha muammolar bor. Masalan, yoritish tizimi. Buning ustida ishlashyapti. Eng katta muammo bu - VAR. Bu bizda iyul oyida tayyor bo'ladi. VAR bo'lmasa, menimcha, u erda o'ynashga ruhsat berishmasa kerak. Iyun oyigacha sabr qilishimiz kerak. Ungacha barcha o'yinlarimizni neytral stadionlarda o'tkazamiz.
- Rotaciya qilish uchun qo'l ostingizda ikkita bir xil tarkib bor deb hisoblaysizmi?
- Rotaciya qila olamiz va qilamiz ham. 3 kundan keyin o'yinimiz bor. Istalgan murabbiy qo'l ostida ikkita bir xil tarkib bo'lishini xohlaydi. Zaxirada futbolchilar bor, biroq ular hali to'liq tayyor emas. Bugungi o'ynagan futbolchilarning bir qanchasiga kubok o'yinlarida dam beramiz. Dam olgan futbolchilarni "Qo'qon-1912"ga qarshi chempionat o'yiniga olib qo'yamiz.