Amorim: "U og'ir davrni boshidan o'tkazdi"

  • Mr.NoBoDy 18.04.2025 22:56
  • 129
  • 30

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim darvozabon Andre Onananing "Lion"ga qarshi o'yinidan qoniqqanini aytdi.

Evropa ligasining chorak finali javob o'yini 113-daqiqasida ham mankunianliklar "Lion"ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berayotgandi. Yakunda jamoa 3ta gol urib, g'alabani ilib ketdi. O'yinda Andre Onana ko'plab seyvlari orqali jamoasini yaqqol gollardan saqlab qoldi.

"U o'z vazifasini yaxshi uddaladi - zo'r o'yin o'tkazdi. U shunday ruhda davom etishi kerak. Undan xursandman, chunki Andre og'ir davrni boshidan o'tkazdi.

Hozir faqatgina oldinga harakatlanish kerak. Bizni ketma-ket o'yinlar kutib turibdi va u bunga tayyor holatda", - dedi Amorim.

Ўхшаш янгиликлар