"Persepolis" o'z maydonida "Sepaxon"ga yutqazdi. Oston O'runov 25-daqiqada almashtirildi

  • Mr.NoBoDy 19.04.2025 08:08
  • 81
  • 30

Eron Pro ligasi 27-tur doirasidagi "Persepolis" - "Sepaxon" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlarning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O'runov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 25-daqiqada o'rnini Farshad Ahmadzodaga bo'shatib berdi. Bu turdan so'ng "Persepolis" 51 ochko bilan uchinchi, "Sepaxon" 56 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turgan "Traktor" hisobida 58 ochko bor.

Malumot uchun, "Persepolis" navbatdagi uchrashuvni 30 aprel kuni mehmonda "Mes Rafsanjan"ga qarshi o'tkazadi. 

Match-senterda ochish

Ўхшаш янгиликлар