Londonliklar Rodrigo va Endrikni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Qayd etilishicha, inglizlar ikki transfer uchun 180 mln evro to'lashga tayyor.
Rodrigo joriy mavsum "Real" safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularda 13 ta gol va 8 ta assist qayd etdi. Endrik esa 28 ta o'yinda 6 ta gol urgan. "Chelsi" APLning 29 uchrashuvidan so'ng to'rtinchi o'rinda bormoqda. Londonliklar hisobida 49 ochko bor.