Ugo Gatti 80 yoshida vafot etdi.
Argentina terma jamoasining sobiq darvozaboni va futbol mutaxassisi ko‘chada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa va sonidagi jarrohlik amaliyotidan so‘ng deyarli ikki oy davomida Argentinadagi Pirovano kasalxonasida yotdi.
Gatti butun faoliyatini Argentinada o‘tkazgan va bir qator mahalliy klublarda, jumladan, "River Pleyt" va "Boka Xuniors" jamoalarida o‘ynagan.
"Boka" tarkibida u ikkita Libertadores kubogi va qit’alararo kubokda, shuningdek, uchta Argentina chempionatida g‘olib chiqdi. U Argentina terma jamoasi safida 18 ta o‘yinda maydonga tushgan.