Manchester Siti ispaniyalik futbolchiga 200 million funt to'lashga tayyor

  • Mr.NoBoDy 21.04.2025 09:56
  • 108
  • 30

Manchester Siti yozda katta transferlarga qo'l uradi.

«Shaharliklar» «Barselona» yarim himoyachisi Pedrini sotib olmoqchi. Yarim himoyachi uchun 200 million funt to'lashga tayyor. Shuningdek, ushbu transfer amalga oshsa, Pedri APLning eng ko'p maosh oladigan yarim himoyachisiga aylanadi.

22 yoshli futbolchining «Barselona» bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Yarim himoyachi joriy mavsum 50 ta uchrashuvda maydonga tushdi, uning hisobida 5 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.

Ўхшаш янгиликлар