"Liverpul" "Nyukasl"ning narx oshirishidan cho'chimadi. Mersisaydliklar Isakni sotib olishni xohlayapti

  • Mr.NoBoDy 21.04.2025 12:08
  • 87
  • 30

"Liverpul" 120 mln funtga "Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isakni safiga qo'shib olmoqchi.

Murabbiy Arne Slot boshchiligidagi mersisaydliklar yozda o'yinchilarni jalb qilish bo'yicha faol kampaniyani rejalashtirmoqda. "Hakkalar"ning shveciyalik hujumchisi Aleksander Isak esa "qizillar"ning hujum chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodga aylandi.

Futbolchining "Nyukasl" tomonidan belgilangan 120 mln funt sterlinglik jiddiy narxiga qaramay, "Liverpul" o'z niyatidan qaytmayapti va transfer tafsilotlari yaqin haftalar ichida malum bo'lishi mumkin.

Isak joriy mavsum "Liverpul"ni xafa qilishga ulgurdi. Hujumchi Liga Kubogi finalida Kellexer darvozasiga g'alaba to'pini kiritdi va jamoasini g'oliblik sari etakladi.

Ўхшаш янгиликлар