Portugaliya jamoasi hujumchining transfer narxini 70 million evroga tushirishga rozi bo'ldi. Hujumchiga asosiy davogar «Arsenal» bo'lib turibdi. London klubi 25 yoshli hujumchi uchun 70 million evro berishga tayyor va hujumchining o'zi ham «Arsenal»ga o'tishga rozi bo'lgan.
25 yoshli futbolchi joriy mavsum 46 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 47 ta gol va 11 ta golli uzatma bor.