Nematulloh Rustamjonov: "Qosh qoqish? Arab futbolchisining kayfiyatini ko'tarmoqchi edim"

  • Mr.NoBoDy 22.04.2025 10:56
  • 99
  • 30

O'zbekiston U-17 terma jamoasi darvozaboni Nematulloh Rustamjonov Osiyo kubogining finali haqida fikr bildirdi.

«Juda ham qiyin bo'ldi. Bu musobaqaga ikki yil davomida jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Final juda qiyin bo'lishini bilardik. Yillar davomida qilgan mehnatlarimiz bekor ketmadi deb o'ylayman va xudo xohlasa, jahon chempionatida ham yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz.

Finalga 100 foiz tayyor edik, o'zaro suhbatda hech bir bolada hayajon yo'q edi. Faqatgina masuliyat bor edi. Qo'qruv hech nima yo'q edi.

Qosh qoqish? Arab futbolchisi oldimda baqirib yotganida, uni kayfiyatini ko'tarish uchun qoshimni qoqqandim. Shundan so'ng u ham kulib qo'ydi».

Ўхшаш янгиликлар