Malumot uchun, hamyurtimiz qita turnirida 5 ta gol bilan eng yaxshi to'purar bo'ldi.
"Hissiyotlarimni aytib bera olmayman. Turnir boshidan beri chempionlikni maqsad qilgan edik. Ortga chekinmasdan faqat g'alaba uchun o'ynadik. Xudoga shukur chempion bo'ldik. Birinchi vazifamiz Jahon chempionatiga chiqish edi. Ikkalasini ham uddalaganimizdan xursandman.
Ikkinchi bo'limda o'ng qanot yarim himoyasiga tushdim. Orqaga qaytib o'ynashim kerak edi. Maydonda 8 ta qolgandik, ular hujumga urg'u qaratgandi.
Bu yutuqni ota-onamga, murabbiylarimga bag'ishlayman", - deydi Asilbek Aliev.