BAA bilan uchrashuv mamlakat futboli tarixiga kirishi mumkin. Mazkur uchrashuvdagi durang natija ham jamoamizni mundial sari etaklaydi. Shundan kelib chiqib, bosh murabbiy Temur Kapadze Abu Dabidagi bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rishni rejalashtirgan. Jumladan, terma jamoamiz safarga odatdagidan ertaroq yo'l olib, tayyorgarlikni Amirliklarda davom ettirishni maqsad qilgan.
Malumki, may oyining so'nggi 10 kunligida legioner futbolchilar ham terma lageriga ertaroq etib kelishi mumkin. Bu o'z navbatida Kapadzega jamoani ertaroq yig'ish imkoniyatini taqdim etadi. Shundan kelib chiqib, Associaciya va Liga o'zaro kelishgan holda Superliganing 12-tur bellashuvlarini ham FIFA kunidan keyinga ko'chirishga qaror qildi. Bu o'z navbatida Superligada ishtirok etayotgan futbolchilar terma ixtiyoriga ertaroq etib borishini taminlaydi.
O'zgargan taqvim reja bilan mana shu havola (birinchi yarim yillik, ikkinchi yarim yillik) orqali tanishib olishingiz mumkin. Bunda Superliga o'yinlarining dam olish kunlariga to'g'ri kelishi va kubok uchrashuvlari hafta o'rtasida bo'lib o'tishi principi saqlab qolingan bo'lib, mamlakat kubogining ¼ final bosqichi avgust oyiga ko'chirilgan.
Ishonamizki, mamlakatimiz bosh jamoasi iyun oyida barcha o'zbekistonliklar uchun mundial chiptasini sovg'a qiladi.