Inesta "Barsa" haqida: "O'yinga qaraganda, trebl haqida gapirish – mubolag'a emas. Hamma narsa yaqin kunlardagi o'yinlarda hal bo'ladi"

  • Mr.NoBoDy 23.04.2025 13:08
  • 96
  • 30

Andres Inesta "Barselona" mavsumning asosiy sovrinlarini qo'lga kiritishi mumkin deb hisoblaydi.

"Jamoaning o'yiniga qaraganda, trebl haqida gapirish – mubolag'a emas. Ular La Ligada peshqadam, Ispaniya Kubogi finalida o'ynaydi va Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqishdi. Trebl qilish qiyin, lekin men bu jamoaning qo'lidan kelishiga umid qilaman.  

Hamma narsa yaqin kunlardagi bir necha o'yinda hal bo'ladi. Asosiysi – istedod va to'g'ri ruhiy tayyorgarlik, bularsiz g'alaba qozonib bo'lmaydi", – dedi "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi.

Ўхшаш янгиликлар