"Inter" - "Roma" o'yini 27 aprelga ko'chirildi. "Barsa" bilan o'yin – 30 aprelda

  • Mr.NoBoDy 23.04.2025 14:08
  • 81
  • 30

Seriya A "Inter" – "Roma" o'yinining yangi sanasini elon qildi.

Dastlab A Seriyaning 34-turi o'yini shanba kuni bo'lib o'tishi kerak edi, biroq 26 aprelga rejalashtirilgan Italiya chempionatining barcha o'yinlari Rim Papasi Franciskning dafn marosimi tufayli ko'chirildi.  

"Inter" va "Roma" o'rtasidagi "San-Siro"dagi uchrashuv yakshanba, 27 aprel kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi. 30 aprelda "neradzurri" Chempionlar ligasining birinchi yarim final o'yinida "Barselona"ga qarshi maydonga tushadi.  

Takidlash kerakki, "Barselona" 26 aprel kechqurun "Real" bilan Ispaniya Kubogi finalida o'ynaydi.

Ўхшаш янгиликлар