"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik kataloniyalik klub bilan shartnomasini yana bir mavsumga - 2027 yilning yozigacha uzaytiradi. Bu haqda Marca nashrida xabar berilmoqda
Flik va "Barselona" o'rtasidagi hamkorlikni davom ettirish bo'yicha kelishuvga allaqachon erishilgan. Biroq, yangi bitimning rasman imzolanishi joriy mavsum yakunlangandan keyingina amalga oshiriladi.
Bunday qaror murabbiy va klub rahbariyati tomonidan birgalikda qabul qilindi. Buning asosiy sababi ikkala tomonning ham ortiqcha axborot shovqinidan qochish va yaqin kelajakda jamoani kutayotgan muhim o'yinlarga bor etiborni qaratish istagi hisoblanadi.