Malum bo'lishicha, Cheferinning Olmaotaga borishi "Qayrat" futbol klubi egasi Qayrat Boranbaevning taklifi bilan amalga oshiriladi. UEFA rahbari klub infratuzilmasi – beshta to'liq o'lchamli futbol maydoni, zamonaviy tibbiyot markazi hamda o'yinchilarni tiklash va tayyorlash uchun jihozlangan sport majmuasi bilan tanishadi.
Olmaotaga tashrif Cheferinning Qozog'istondagi dasturining muhim qismi bo'lishi kutilmoqda. Bu UEFA va milliy futbol tashkilotlari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Cheferin 25 aprel kuni Ostonada bo'ladi va u erda Qozog'iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qaev bilan uchrashadi. UEFA prezidentining tashrifi har yili aprel oyining oxirida nishonlanadigan Qozog'iston futboli kuniga to'g'ri keladi.