FIFA o‘z rasmiy saytida Asilbek Aliyev va boshqa umidli futbolchilar haqida maqola e’lon qildi

  • Mr.NoBoDy 24.04.2025 09:33
  • 84
  • 30

FIFAning rasmiy saytidan "U17 Osiyo chempionatida porlagan 6 ta futbolchi" nomli maqola e’lon qilindi.

Ahamiyatlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Asilbek Aliyev ham qayd etib o‘tilgan.

"Bu yosh iste’dod O‘zbekistonning chempionlikka erishishida asosiy harakatlantiruvchi kuch bo‘ldi va hujum chizig‘ini ishonch bilan boshqardi. Aliyev beshta gol urib, guruh bosqichidan chorak finalgacha bo‘lgan uchrashuvlarda ajoyib sermahsullik ko‘rsatib, turnirning eng yaxshilaridan biri bo‘ldi.

Endigina 15 yoshda bo‘lishiga qaramay, u allaqachon hujumchiga xos ajoyib instinkt va yoshi uchun g‘ayrioddiy yetuklikni namoyon qildi. Turnirning eng yaxshi to‘purari unvonini qo‘lga kiritgani hech kimni hayratlantirmaydi. Boisi, ko‘pchilik uni Markaziy Osiyoning eng istiqbolli yulduzlaridan biri sifatida ko‘rmoqda" - deb yozilmoqda, FIFA saytida.

Ўхшаш янгиликлар