Unga «Al Nassr» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Saudiya jamoasi 24 yoshli ganalik futbolchining transferi uchun 100 million evro berishga tayyor. Shuningdek, futbolchiga «Arsenal» va «Liverpul» ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsum Muhammad Qudus 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 tadan gol va golli uzatma bor. Yarim himoyachining London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.