Braziliyalik hujumchi Saudiya Arabistonidan tushgan katta taklifni qabul qilmadi va «Real» bilan kelishuvni uzaytirmoqchi.
Malumot uchun, Vinisiusning «Real» bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi kamida yana 2 yilga shartnomani uzaytirishni reja qilgan.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik hujumchi 2018 yildan beri «Real» sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsum 47 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 20 ta gol va 14 ta golli uzatma bor.