Anchelotti: "Gyulerga kurashlarda kuch etishmayapti"

  • Mr.NoBoDy 24.04.2025 11:32
  • 81
  • 30

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga doirasida "Xetafe"ga qarshi bahsdan (1:0) keyin jamoa yarim himoyachisi Arda Gyulerning o'yin vaqti haqidagi savolga javob berdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi uchrashuvdagi yagona golga mualliflik qildi.

Gyulerga joriy mavsum ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun nima etishmadi? Hamma gap tizimda. Agar biz 4-4-2 taktik sxemasida o'ynasak, u tayanchda o'ynamaydi va egallashi mumkin bo'lgan yagona nuqta bu qanot – bu o'ng qanot degani.

Biroq biz 4-4-3 sxemasida harakat qilsak, u insayd rolida foydali bo'lishi mumkin.

U ko'p mehnat qiladi. Hozircha unga yakkakurashlarda kuch etishmayapti. Ammo uning ko'plab boshqa sifatlari mavjud. Bunday deyishimga u urgan gol emas, Arda o'yinni olib borishi sabab.

Bu biroz g'alati tuyular, lekin kelajakda u 4-3-3 sxemasida tayanch yarim himoyachisi rolida harakat qilishi mumkin. Uning o'yinni tashkil qilish imkoniyatlari shunchaki ajoyib darajada.

Ўхшаш янгиликлар