Yig'ilishni Namangan viloyati hokimi o'rinbosari G'ulomjon Murodxo'jaev boshchiligida viloyatimizning ko'p yillik sport faxriysi Шokirjon Qoraboev olib bordi. Unda Namangan viloyati Sport boshqarmasi boshlig'i Akramjon Dedabaev hamda "Navbahor" klubi vice-prezidenti Otabek Arifovich Samatovlar ishtirok etishdi. Yig'ilishda "Markaziy" o'yingohga yangi rahbar tayinlandi. Turli yillarda qariyb 12 yil "Navbahor" klubi tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan Mirshod Mirzaev "Markaziy" o'yingoh rahbari etib tayinlandi.
Fursatdan foydalanib, Mirshod Mirzaevga "Navbahor" PFK jamoasi nomidan yangi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz. Jamoamiz va muxlislar uchun "Markaziy" o'yingohda qulay shart-sharoitlar yaratish hamda "Navbahor"ning ijobiy natijalariga munosib hissa qo'shishiga tilakdoshmiz.