Germaniya grandi rahbariyati futbolchi uchun 40-50 million evro taklif qilishsa, u bilan xayrlashishga tayyor. Himoyachining o'zi foydali taklif tushsa, Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishga tayyor.
Je 2023 yilning yozida "Napoli"dan "Bavariya"ga o'tgandi. U 2028 yilning o'rtalariga qadar mehnat shartnomasini imzolagan.
28 yoshli koreyalik joriy mavsum 42 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo'ydi. Uning bozor qiymati 45 mln evroga baholanmoqda.