Uchrashuv 01:00da start oladi.
"Barselona" - "Real" 1:1 LIVE
Gollar: Pedri (28) - Kilian Mbappe (70).
"Barselona": 25. Voycex Шensni - 2. Pau Kubarsi, 5. Inigo Martines, 23. Jyul Kunde, 35. Jerar Martin - 8. Pedri, 11. Rafinya, 19. Lamin Yamal, 20. Dani Olmo (24. Fermin Lopes, 65), 21. Frenki De Yong - 7. Ferran Torres.
"Real": 1. Tibo Kurtua - 17. Lukas Vaskes (10. Luka Modrich, 55), 22. Antonio Ryudiger, 23. Ferlan Mendi (20. Fran Garsiya, 12), 35. Raul Asensio - 5. Jud Bellingem, 8. Federiko Valverde, 14. Orelen Tchuameni, 19. Dani Sebalos (15. Arda Gyuler, 55) - 7. Vinisius Junior, 11. Rodrigo (9. Kilian Mbappe, 46).
Ogohlantirish: Tchuameni (31), Jerar Martin (37).
YANGILAШ
74. UXXXXXXXXXX!!! "Real" hisobda oldinga chiqib olishga yaqin kelgandi. Vinisiusning pasidan keyin Mbappega noqulayroq pas uzatdi. To'p Kiliangacha etib bormadi va Kubarsi to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.
70. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! Mbappe o'zi ishlagan jarimadan o'zi ideal gol urdi! Supergolga super javob berilmoqda. Mbappe jarimadan ilk golini urdi.
68. UXXXXXX!! Mbappe gol urishga yaqin kelgandi. Frenki uni to'xtatdi va sariq kartochka oldi. Buni so'nggi umid foli sifatida qabul qilish qiyinroq. Sariq kartochka eng adolatli qaror va jarima zarbasi. Gol urish uchun ideal nuqta. Biroq Kilian hali jarimadan gol urmagan ekan.
65. "Barselona"da bugun o'rtacha o'yin ko'rsatgan Olmo almashtirildi. Uning o'rnida Fermin o'ynaydi.
64. "Real" hujumga o'tgandi. O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Vinisius boshi bilan zarba berdi. To'p himoyachining qo'liga tekkandi. Lekin bu erda ham ofsayd qayd qilindi.
62. UXXXX!! Kundeeeee!!! U jamoasini goldan saqlab qoldi. Agarda to'p undan o'tganida hisob tenglashishi muqarrar edi.
61. Vinisius hujumda yiqildi yoki yiqitildi. Bosh hakam bu vaziyatga reakciya qilmadi.
59. Vinisiusning erlatib yo'llagan zarbasini Шensni ushlab oldi. Keyin uning xatosi sababli to'p yana "Real" futbolchilariga kelib tushdi va yana o'sha Vinisius darvoza tomon juda xavfli zarba berdi. Noaniq.
56. NIMALAR BO'LYAPTI! Vinisius yuz foizlik imkoniyatdan gol ura olmadi. Himoyachilar va darvozabon bir amallab xavfni bartaraf qilishdi.
56. ZARBAAAAAAA!! "Barselona" hujumda uchga ikki vaziyatda qolib ketdi. Rafinyaning zarbasi noaniq ketdi.
55. "Real"da ikki o'zgarish bo'lmoqda: Modrich va Gyuler maydonga tushdi. Sebalos va Vaskes o'yindan olindi.
54. UXXXXX! Mbappening bir o'zi vaziyatni hal qilishi mumkin bo'lgandi. Yana Шensni vaziyatda to'pni qaytardi.
49. ШENSNIIIIIIII!! U Vinisiusning ikki zarbasini qaytardi!
48. Rafinyaning zarbasini Kurtua osonlik bilan ushlab oldi.
47. Ikkinchi bo'lim ham birinchisi kabi "Barselona" hujumi bilan boshlandi. Yamalning zarbasi soddagina chiqib qoldi, Kurtua uchun bu "go'sht" vazifasini bajardi.
46. IKKINCHI BO'LIM BOШLANDI!
- Jamoalar maydonga tushib kelishdi. Mbappe 46-daqiqadayoq o'yinga qo'shildi.
Tanaffus!
45+3. Raul Asensio raqibini ochiqchasiga yiqitdi. "Barsa"da yana standart.
Birinchi bo'limdagi hakamlikka 10 ballik tizimda 10 baho qo'ygan bo'lardim.
45+2. UXXXXXX!! Vinisius penalti ishlagandi. Bosh hakam avvaliga penalti belgiladi. Keyin esa offsaydni qayd etdi.
Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi.
Rus sharhlovchilari ushbu vaziyatda penalti ko'rib chiqish kerak edi deyishyapti. O'yin oldidan hakamlik borasida qancha gap-so'zlar bo'lganini ular bilishmaydi chog'i.
44. UXXXXXXXX!!!! "Barselona" ikkinchisiga juda yaqin keldi. Burchakdan uzatilgan to'pni Ryudiger o'z darvozasiga kiritib yuborishiga sal qoldi. To'pni darvoza ustuni qaytardi.
43. Rafinya har qancha urinmasin Aliev bo'lolmaydi. Hatto uning zarbasi jonli devordan o'tmadi.
42. "Barselona" jarima zarbasiga ega bo'lmoqda. Asilbek Aliev gol urgan nuqta)
41. "Barselona" hujumda. Olmoning pasini himoyachilar qaytarib yuborishdi.
38. Ferran Torres hujumga o'tib ketishga, Kurtua bilan birga bir holatga chiqib borishga harakat qilayotgandi. Ryudiger etib keldi, vaziyatga aralashib, to'pni olib qo'ydi.
37. "Barselona" futbolchisi Jerar Martin Tchuameniga qarshi ishlatgan qo'polligi uchun haqli ravishda sariq kartochka ko'rsatildi.
35. GOOOOOLLLL!! YO'O'O'QQQ!! Bellingemning goli inobatga olinmadi. Sebalos pas oshirgan vaziyatda Jud offsayd holatida qolib ketgan edi.
34. O'yin tempida biroz pasayish bor.
31. "Barselona" yana hujumga o'tdi. Zarbani Kurtua ushlab oldi. Tchuameni esa Olmoga qarshi qo'polligi uchun ogohlantirildi.
28. ZARBAAAAA!!! GOOOOOOOLLLL!! FANTASTIKKAAAAAAAA!!! LaLigada aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Pedri fantastik gol urdi!
25.Qaranglar, maydondagi 22 futbolchi qolib, Karlo Anchelottiga sariq kartochka berildi. Pochin ochildi.
23. "Real" xavfli hujum tashkillashtirdi. Vinisiusning pasidan keyin Garsiyaning yo'llagan zarbasini himoyachi qaytardi
21. ZARBAAAAAAA!! Rafinyaning jarimadan uzatgan to'piga Kunde boshi bilan juda xavfli zarba yo'lladi. Kurtuadan ilk sey.
19. ZARBAAAAAAA!! Yamal uzoq masofadan erlatib ayyorona zarba yo'lladi. Bu vaziyatda Kurtua "Real"ni goldan qutqara olmasdi. Шunchaki zarba noaniq ketdi.
16. UXXXXXXXX!!! "Barselona" tezkor qarshi hujumga o'tdi. Qanotdan uzatilgan to'pga Torres zarba bera olmadi. Undan tashqari to'p "Real" futbolchisining qo'liga tekkandek ko'rindi. Biroq bu tayanch qo'li bo'lganligi sababli penalti ko'rib chiqilmadi.
13. Yamal raqiblari jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi, Ryudiger uni to'xtatdi, Garsiya esa to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.
12. O'ZGARIШ! Tezkor gol kutgan muxlislar tezkor o'zgarishning guvohi bo'lishdi.
10. Fran Garsiya maydonga tushishga tayyorlanyapti. O'zgarish bo'ladiganga o'xshaydi.
9. Ie! Mendi maydonga o'tirib oldi. Nahotki, ilk daqiqalardanoq o'zgarish bo'lsa?
7. "Barselona" hujumga o'tayotganda "Real" himoyasida biroz sarosima ko'rinayotgandek. Jamoalar kichik paslarda ko'p xatolar qilishmoqda.
6. Nihoyat, "Real" hujumga o'tayotgandi. Vinisius odatdagidek offsaydda qolib ketdi. Hujum to'xtadi.
3. "Barsa" yana hujumda. Ferran "Real" jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va himoyachilar o'rtasidan to'pni sherigiga uzatmoqchi bo'ldi. Ammo Kamavinga xavfni bartaraf qildi.
2. "Barselona" tezkor hujumga o'tdi. Rafinyaning pasi biroz kuchsizlik qildi, "Real" himoyachilari to'pni egallab oldi.
1. UCHRAШUV BOШLANDI!
00:56. Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.
Yamal bugungi kun uchun boshqacha soch turmagida kelgan.
19:50. O'yin haqiqiy shou tarzida boshlanmoqda. Tarkiblarni tanishtirishni tariflashga til ojiz.
- Hurmatli futbol ishqibozlari! El-Klasiko startiga oz vaqt qolmoqda.