"Qiyin o'yin o'tkazgan bo'lsak-da, g'alabaga erishdik. Eng muhimi shu.
Mavsum avvalida biroz qiyinchiliklarga duch keldik. Sababi, yangi murabbiyga moslashish uchun vaqt kerak edi.
Bizga faqat chempionlik vazifasi qo'yilgan. Mavsum avvalida ham shunday edi, hozir ham shunday. Vazifa o'zgarmagan. Bu yo'lda "Nasaf", "Neftchi" va OKMK raqobatchi bo'la oladi deb o'ylayman.
Шu o'rinda muxlislarga ham minnatdorchilik bildiraman. Ularning qo'llab-quvvatlashi bizga qo'shimcha kuch beradi", dedi 27 yoshli futbolchi.