iks
ads

Arne Slot debyut mavsumidayoq "Liverpul" bilan APLni yutdi. Yana kimlar bunday natijaga erishgan?

  • Mr.NoBoDy 28.04.2025 14:32
  • 267
  • 30

Arne Slot "Liverpul" boshqaruvidagi ilk mavsumidayoq Angliya chempioni bo'ldi.

Mersisaydliklar 27 aprel kuni APL 34-turidan o'rin olgan "Tottenxem"ga qarshi bahsda (5:1) 3 ochko jamg'arib, mavsum yakunlanishiga 4 tur qolganda chempionlikni rasmiylashtirishdi.

Шu tariqa Arne Slot Angliya Premer-ligasi tarixida debyut mavsumida chempionlikni qo'lga kiritgan oltinchi murabbiyga aylandi. Undan oldin bu yutuqqa Joze Mourinyu ("Chelsi"-2004/05), Karlo Anchelotti ("Chelsi"-2009/10), Manuel Pellegrini ("Manchester Siti"-2013/14), Klaudio Raneri ("Lester"-2015/16) va Antonio Konte ("Chelsi"-16/17) erishgan.

Шuningdek, Slot Angliya Premer-ligasi chempionligini qo'lga kiritgan birinchi niderlandiyalik murabbiy bo'lib, o'z nomini liga tarixiga kiritdi.

Ўхшаш янгиликлар