Temur Mamasiddiqov: "'Paxtakor" yuqori zonaga ko'tarilib o'ynashini yaxshi bilardik"

  • Mr.NoBoDy 28.04.2025 12:32
  • 99
  • 30

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Шo'rtan" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar hujumchisi Temur Mamasiddiqov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Paxtakor" brend maqomga ega jamoa sanaladi, shu bois, istalgan klub ularga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'radi. Biz ham ancha vaqtdan beri raqib o'yinlarini kuzatib, shunga mos taktika ishlab chiqdik. Har holda yomon o'yin o'tkazdik deya olmaymakn, bazi vaziyatlarni o'zimiz o'ylagandek amalga oshira oldik. Ammo kamchiliklarimiz ham ko'zga tashlandi, ular ustida ishlashimiz kerak. Keyingi o'yinga qadar xatolarni to'g'rilab, yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz. 

"Paxtakor" yuqori zonaga ko'tarilib o'ynashini yaxshi bilardik, oldingi chiziq vakillaridan qarshi hujumlarda tezkorlik namoyish etishi talab etilgandi. Шu bois, ko'proq o'yindan tashqari holatda qolib ketgandirmiz. 

Ha, mavsum ko'ngildagidek boshlanmadi. Lekin har o'yindan so'ng xatolarni bartaraf etish ustida ishlayapmiz. Keyingi o'yinlarda yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz", dedi 22 yoshli futbolchi.

Ўхшаш янгиликлар