Sergey Lushchan: "Jiyanov va Odilovda imtihon bor, Ahmedovda jarohat"

  • Mr.NoBoDy 28.04.2025 12:56
  • 99
  • 30

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Buxoro" (3:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugun "Buxoro"ga qarshi bahsda hozirgi kundagi asosiy va optimal tarkibimiz maydonga tushdi. Kubok o'yinida "Oq-tepa"ga qarshi keyingi bahs suniy maydonda bo'ladi, shu sababli tarkibda o'zgarishlari bo'lishi aniq.

Ruslanbek Jiyanov va Alisher Odilovning esa Oliy o'quv yurtida imtihoni bor. Balki ular ham maydonga tushishmasa kerak.

Pedro jamoaga moslashib bormoqda, ammo hozircha til borasida o'rtada katta "jarlik" bor. Шu sabab hozirda O'rinboev o'ynamoqda. Zabihillo yigitlarni ruhlantira oladi, kerak paytda urishib ham turadi.

Azim Ahmedovning o'tgan yildan qolgan jarohati bezovta qildi, shu bois bugun tushmadi. Jarohat olgan Mirzohid G'ofurov va Muzaffar Mo'minov individual tarzda tiklanishmoqda.

Masalan o'tgan turlarda "Surxon"ga yutqazgandik. O'sha bahsda biz yomon o'ynamadik, shunchaki raqib bizdan zo'r o'ynadi. Har jabhada bizdan ustunlik qilishdi va g'alaba qozonishdi. Bu mavsumdagi eng yomon o'yinimiz bo'ldi. O'sha yomon o'yinda ham bizda g'alaba uchun imkoniyatlar bo'lgandi, agar yutganimizda ham o'sha g'alabadan men maza qilmasdim", - dedi Sergey Lushchan.


Ўхшаш янгиликлар