Bugun OʻFAda terma jamoalar murabbiylari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi, unda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari tahlil qilinib, kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekiston U-15, U-16, U-18, shuningdek, U-20 qizlar va ayollar milliy terma jamoalarining yigʻinlari, ularga jalb etilgan futbolchilar hamda oʻyinlar muhokama qilindi.
Terma jamoaga nomzod futbolchilarni seleksiya qilish, oldinda turgan musobaqalarga reja asosida tayyorgarlik koʻrish, futbolchilarning jismoniy va texnik ko‘rsatkichlari, taktik tayyorgarlik boʻyicha tavsiyalar berildi. Yig‘inlarni yanada samarali tashkil etish uchun kerakli imkoniyatlar taqdim etilishi ma’lum qilindi.