iks
ads

Reshford uchun mavsum yakuniga etdi

  • Mr.NoBoDy 28.04.2025 21:24
  • 381
  • 30

"Aston Villa" hujumchisi Markus Reshford jarohat tufayli bu mavsumda boshqa maydonga tushmaydi.

Reshford kutilmaganda "Villa" "Kristal Pelas"ga qarshi Angliya Kubogi yarim finalida (3:0) mag'lub bo'lgan o'yinni o'tkazib yubordi.  

Reshfordning yo'qligi sababi jarohat bo'lib, BBC malumotlariga ko'ra, 27 yoshli ingliz futbolchisi "Villa"ning Premer-Ligadagi qolgan to'rtta o'yinini ham o'tkazib yuborishi kutilmoqda.  

Bu Unay Emeri jamoasi uchun katta yo'qotish bo'ladi, chunki jamoa mavsum oxirida Premer-Liganing top-5 taligiga kirish uchun astoydil kurashmoqda.

"Manchester Yunayted"dan qishki transfer oynasi yopilishidan oldin ijaraga olingan Reshford "Villa" safida Premer-Ligadagi 17 o'yinda to'rtta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.  

"Villa" hali ham Reshfordni 40 million funt sterlingga sotib olish huquqiga ega va bu qaror ko'p jihatdan Birmingem klubining Chempionlar Ligasiga yo'l olishiga bog'liq bo'ladi.

Ўхшаш янгиликлар