Marokashlik futbolchi hamon "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibiga kirishga muvaffaq bo'lmadi va so'nggi oylar u uchun yaxshi kechmadi.
"Fichajes"ning xabar berishicha, "qirollik klubi" Diasning jamoadagi o'rni yanada ahamiyatsizlashib qolganini takidlamoqda, shu bois uni kelasi yozda sotishga tayyor.
Braim Dias joriy mavsum Karlo Anchelotti jamoasi safida 48 o'yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt 25 yoshli hujumkor yarim himoyachining qiymatini 45 mln evroga baholamoqda.