Dastlabki o'yinda O'zbekiston Kubogining amaldagi g'olibi "Andijon" safarda "Lochin"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Ikkinchi bahsda esa "Surxon" o'z maydonida "Dinamo"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Шu orqali guruhdagi dastlabki ikki o'yinda mag'lub bo'lgan "Andijon" guruh bosqichidayoq musobaqadagi ishtirokini yakunlamoqda.
Qayd etish kerak, o'tgan mavsumda kubokning amaldagi sohibi sifatida o'yinlarni o'tkazgan "Nasaf" ham kubokda guruhdan o'ta olmagandi.