ECHL
1/2 final ilk o'yini
"Arsenal" – PSJ 1:1 (LIVE)
London. "Emireyts" stadioni. 00:00
Gollar: Mikel Merino (Deklan Rays) 47' – Usmon Dembele (Xvicha Kvaracxeliya) 4'
Arsenal: David Rayya – Yurrien Timber, Uilyam Saliba, Yakub Kivyor, Mayls Lyuis-Skelli, Martin Edegor, Deklan Rays, Mikel Merino, Bukayo Saka, Leandro Trossard, Gabriel Martinelli.
PSJ: Janluiji Donnarumma, Ashraf Hakimi, Markinos, Vilyan Pacho, Nunu Mendesh, Joau Nevesh, Vitinya, Fabian Ruis , Dezire Due, Usmon Dembele, Xvicha Kvaracxeliya.
Ogohlantirishlar: Leandro Trossard (10), Bukayo Saka (43), Ashraf Hakimi (44).
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILAШ
49. VAR golni tekshirib chiqmoqda. Merino ofsaydda bo'lganmi yoki yo'q, o'rganilmoqda.
47. GOOOOOL! "Arsenal" ananaga ko'ra standartdan foydalandi! Raysning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini Merino bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi – 1:1!
46. Ikkinchi bo'lim to'qnashuv bilan start oldi: Nevesh havodagi kurshda tirsagi bilan Merinoga zarba berib yubordi, jarima zarbasi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
Stadiondagi atmosfera Arteta xohlaganidek, ammo jamoaning o'zi qo'shishi kerak. Enrike jamoasida esa hammasi joyida.
Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffusga yo'l olamiz. Bizdan uzoqlashmang!
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
"Boss" shu erda
45. Uuuux! Martinelli birga-bir holatga chiqib borib, zarba berdi, Donnurammadan seyv! Dahshat! Italiyalik posbon yana katta sahnaga chiqmoqda!
44. Parijliklar himoyachisi Hakimi Timberni yiqitdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
43. Saka Mendini biroz itarib yuborgani uchun qoida buzish qayd etildi, shundan so'ng Bukayo jahl otiga mindi va sariq kartochka ishlab oldi.
42. Ayni paytga kelib xG (ehtimoliy gol) masalasida 0.86 ga 0.29, londonliklar oldinda.
40. Uuuux! Qanday vaziyat! Saka bir qator himoyachilarni ortda qoldirib, pas uzatdi, biroq Martinelli muvaffaqiyatsiz zarba yo'lladi.
39. Zarba! Saka olisdan erlatib zarba berdi, Donnarumma bu to'pni osonlikcha qo'lga kiritdi.
37. Uuuux! Merino jarima maydonchasi ichida yotibdi, "Arsenal"chilar penalti so'ramoqda. Nevesh ham to'pga, ham Merinoning oyog'iga o'ynamoqda. Davom etamiz.
37. Edegorning standartdan oshirib bergan pasi himoyachilar tomonidan bartaraf qilindi.
35. Xvicha Bukayo Sakaga nisbatan qoidani buzdi. Etirof etish joizki, bugun Sakaning "Arsenal"dagi rolini Due PSJda alo darajada bajarib beryapti.
33. PSJ maydonda erkin harakat qilmoqda, bosimsiz. "Arsenal" esa o'ziga o'xshamayapti.
31. Uuuux! Duening erlatib yo'llagan xavfli zarbasini David Rayya bartaraf etdi! Dahshat zarba! Chiroyli seyv!
27. To'pga egalik qilish statistikasi foizlarda – 28 ga 72. Kutganmidingiz?
24. Edegorning jarimadan oshirib bergan to'pini Kivyor boshi bilan darvozaga yo'naltirdi, Donnarumma to'pni ishonch bilan egalladi.
23. Mezbonlar sekin-asta o'zlariga kelishmoqda. Lyuis-Skelli maydon markazida Hakimidan ustamonlik bilan o'tib ketdi, ammo yiqitildi.
21. Efirda Gabriel Magalyaes namoyish etildi. Ha, bugun "kanonirlar" himoyasida uning o'rni sezilmoqda. Sababi u bo'lsa, Saliba ham xotirjamroq o'ynaydi.
20. Yana Timber diqqat markazida: bu safargi jabrdiyda ham Kvaracxeliya.
17. Timber Kvaracxeliyaga nisbatan qo'pol harakat qildi va hakam tomonidan og'zaki ogohlantirildi. Sal avvalgi epizodda bu futbolchilar ichkarida to'qnash kelgan va Xvicha jarima maydonchasi ichida yiqilib, penalti so'ragandi. Biroq bosh hakam epizod penaltiga tortmaydi deb topdi.
14. Zarba! Hakimining havolatib amalga oshirgan pasidan keyin himoyadan hujumga etib kelgan Markinos bosh bilan darvozani poyladi, Rayya o'z o'rnida!
13. Xvicha Kvaracxeliya chap qanotda faollik ko'rsatib, burchak zarbasi ishladi. Gruziyalik vingerning uzatmasidan so'ng to'p himoyachi orqali maydonni tark etdi.
10. Leandro Trossard Hakimiga nisbatan taktik fol ishlatdi va sariq kartochka oldi.
8. Londonliklar himoyachilari Dueni passiv qarshi olishdi, raqib fint bilan aldashga urindi, ammo yakunda baribir hujum bir amallab to'xtatildi.
7. Gabriel Martinellining uzatmasidan so'ng Janluiji Donnarumma to'pga ega chiqdi. "Arsenal" hozircha o'ziga o'xshamayapti.
4. GOOOOOOOL! Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi! Usmon Dembele! Xvicha Kvaracxeliya ning qulay pasidan so'ng Dembele erlatib pastki burchakni nishonga oldi va hisobni ochdi – 0:1!
1. Uchrashuv boshlandi!