Messi zamonaviy futbolning eng yaxshi 5 o‘yinchisini sanab o‘tdi

  • Mr.NoBoDy 30.04.2025 09:11
  • 57
  • 30

«Oltin to‘p»ning sakkiz karra sohibi Lionel Messi o‘zining asosiy raqibi Krishtianu Ronaldu bilan dunyo futbolidagi eng yaxshi o‘yinchi unvoni uchun ko‘p yillar davomida raqobatlashib keldi.

Hozirda har ikki afsona ham faoliyatining yakunlovchi bosqichida turibdi. Ayni paytda AQSHning «Inter Mayami» jamoasida to‘p surayotgan Lionel Messi zamonaviy futbolning eng yaxshi o‘yinchilarini sanab o‘tdi.

«Menimcha, bugungi kundagi eng yaxshi futbolchilar – bu hozir maydonda harakat qilayotgan yulduzlar. Ularni butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar kuzatadi, bolalar esa ularga qarab o‘sib, futbolchi bo‘lishni orzu qilishadi.

Ayni paytda eng yuqori darajada Kilian Mbappe, Erling Xoland, Lamin Yamal, Vinisius Junior va Robert Levandovski kabi yulduzlar o‘ynamoqda.

Ayniqsa, Yamalning 17 yoshida qilayotgan ishlari va erishgan natijalari meni hayratga soladi. Bunday yosh iste’dodlarni oldida yorqin kelajak turibdi», — dedi Messi.

Ta’kidlash joizki, Lionel Messi Yevropada «Barselona» va «Pari Sen-Jermen» tarkibida ko‘plab yutuqlarga erishgan. 2023 yil yozidan buyon u AQSHdagi «Inter Mayami» klubida to‘p surmoqda. Argentinalik yulduzning amaldagi shartnomasi joriy yilning 30 iyunida yakunlanadi.

Ўхшаш янгиликлар