Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi yarim himoyachisi Alimardon Shukurov O'zbekistonga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi.
Shukurov terma jamoaga kelguniga qadar o'z klubida jarohat olgandi. Terma jamoa shifokorlari bir qancha urinishlariga qaramay, futbolchi formasini tiklay olmadi.
Eslatib o'tamiz, JCH-2026 saralashi 3-bosqichidan o'rin olgan bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.