O'zbekiston MTJ sardori “Istanbul Bashakshehir“ning taklifini qabul qildi. Bu haqda Janluki Di Marcio malum qildi.
Eslatib o'tamiz, Shomurodov 2021 yildan beri Italiya A Seriyasida faoliyat olib bormoqda. U shu vaqt orasida “Jenoa“, “Roma“, “Speciya“ va “Kalyari“ jamoalarida to'p surdi. 29 yoshli hujumchi A Seriyada jami 119 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 19 ta gol va 13 ta golli uzatma bor.