
Kuni kecha portugaliyalik futbolchi Evropa Ligasi yarim final bosqichida "Atletik"ka qarshi o'tkazilgan o'yinda (3:0) dubl qayd etgandi.
"Menejer va fizioterapevt menga sal bo'shashish va dam olish kerakligini aytishadi, lekin men bunga rozi emasman. O'lganimda yotib dam olish uchun ko'p vaqtim bo'ladi", – deya takidladi Fernandesh.
30 yoshli Fernandesh joriy mavsum 52 o'yinda ishtirok etib, 19 ta gol urdi va 18 ta golli pas uzatdi.