Aleksandr Xomyakov: "Hafsalam pir bo'ldi"

  • Mr.NoBoDy 03.05.2025 22:48
  • 81
  • 30

Superliga 8-turidan o'rin olgan OKMK - "Andijon" (4:3) bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Hafsalam pir bo'ldi. Birinchi bo'limni yomon o'tkazmadik, ammo tanaffusdan so'ng hisobni ushlab qola olmadik. Raqib so'nggi daqiqalarda ko'p gollar urishidan xabardor edik. O'z hujumlarimizni ham rivojlantira olmadik. Faqatgina umidsizlik hissi bor", - dedi Aleksandr Xomyakov bugungi bahs haqida.


- Raqib o'yiniga qanday baho berasiz?

- Biz raqib jamoa so'nggi daqiqalarda ko'plab gollar urishini bilar edik. OKMK har doim hujum qilishga intiladigan jamoa. Bir kishi ko'p bo'la turib, raqibga hech qanday noqulaylik yarata olmadik. Vaholanki, biz o'yinni nazorat qilishimiz kerak edi. Biz qanotlarni boy berib qo'ydik va kurashlarda mag'lub bo'la boshladik. Raqib o'z o'yinini o'tkaza oldi va g'alaba qozondi. Ularni g'alaba bilan tabriklayman.

Ўхшаш янгиликлар