3-daqiqada "aristokratlar" xavbeki Enco Fernandes Netuning pasidan so'ng raqib darvozasini ishg'ol qildi. Jarell Kuansa 56-daqiqada "Chelsi"ga "yordam berib yubordi". "Liverpul" ushbu gollarga faqatgina 85-daqiqaga kelib Virjil Van Deykning aniq zarbasi bilan javob qaytardi. O'yin so'nggida, aniqrog'i 90+6 daqiqada Koul Palmer penaltidan urilgan gol orqali yakuniy hisobni o'rnatdi.