Ushbu o'yinda "Bayer"ning ochko yo'qotishi "Bavariya"ning muddatidan oldingi chempionlini anglatardi. "Frayburg" Eggeshtayn (44-daqiqa)ning goli va Inkapie (48-daqiqa)ning avtogoli evaziga hisobni ishonchli ko'rinishga olib keldi. Mehmonlar etakchisi Florian Virc 82-daqiqada hisobni qisqartirdi va Jonatan Ta 90+3 daqiqada hisobni tenglashtirdi, ammo leverkuzenliklar o'yinda g'alaba qozona olishmadi.
Shunday qilib, "Bavariya" bir yillik tanaffusdan so'ng yana Germaniya chempioniga aylandi. Jamoa to'purari Xarri Keyn esa faoliyatidagi ilk sovringa ega chiqdi.