iks
ads

"Real" bir necha haftadan beri Salibaning vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. "Arsenal" himoyachisi - ispaniyaliklarning ustuvor maqsadi

  • Mr.NoBoDy 04.05.2025 23:40
  • 552
  • 30

"Real" "Arsenal" himoyachisi Vilyam Salibaning transferi ustida ish olib bormoqda.

"Madrid" bir necha haftadan buyon 24 yoshli francuzning vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.

"Real" yozda transfer bozoriga chiqadi va bu mavsumdagi xatolarini to'g'rilash uchun markaziy himoyachi sotib olishga harakat qiladi. Saliba - "qaymoqranglilar"ning aniq va ustuvor maqsadi, klub bir necha mavsumdan buyon futbolchining o'sishini diqqat bilan kuzatib kelmoqda.

"Madrid" Salibani shu yilning yozida yoki 2026 yilning yozigacha, yani "Arsenal" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolganda sotib olishga urinib ko'rishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, futbolchi uchun "Real" faoliyatidagi eng yuqori cho'qqi hisoblanadi. Biroq, "Arsenal" Franciya terma jamoasi futbolchisini sotmoqchi emas. Ehtimoliy transfer 100+ mln evroga baholanmoqda.


Ўхшаш янгиликлар