Manbaning takidlashicha, klub keyingi transfer oynasidagi asosiy maqsadlardan biri bo'lgan 25 yoshli futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirish niyatida.
Futbolchi shartnomasining shaxsiy shartlari bo'yicha kelishib olish qiyin bo'lmaydi, ammo "Nottingem" rasmiylari bilan muzokaralar qiyin kechmoqda, chunki klub futbolchini qo'yib yuborish niyatida emas.
Morgan Gibbs-Uayt joriy mavsum klub uchun 34 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchini 50 mln evroga baholamoqda.