Pedru Moreyra "Paxtakor"ni tark etdi

  • Mr.NoBoDy 05.05.2025 21:08
  • 153
  • 30

Portugaliyalik mutaxassis Pedru Moreyra "Paxtakor" bilan xayrlashdi.

Moreyra "sherlar" safini tark etdi. Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydulla o'zining Tegelgramdagi kanalida malum qildi.

Eslatib o'tamiz, Pedru Moreyra 2024 yilning 4 dekabrida "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatida elon qilingan edi. Mutaxassis "sherlar" boshqaruvida barcha turnirlarda 14ta o'yin o'tkazdi va ularning 7 tasida g'alabaga erishdi va yana shunchasida mag'lub bo'ldi.

"Paxtakor"ni nomalum muddat jamoa sobiq bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev boshqarib turadi.

Ўхшаш янгиликлар