Superliga 8-tur faktlari. "Andijon" Olmaliqda OKMKga 3 ta gol urdi, "Surxon" 22 yil avvalgi natijani takrorladi

  • Mr.NoBoDy 05.05.2025 19:00
  • 90
  • 30

Superliganing 8-turida bir nechta qiziqarli va shiddatli uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Darvozalarga esa jami 30 ta gol urildi, bir qator ananalarga barham berildi. Ayrim faktlar yangilandi. 

- "Andijon" o'z tarixida birinchi marotaba Olmaliqda va o'zaro uchrashuvlarda 15 yildan so'ng 3 ta gol urdi, yakunda 3:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. 

- "Surxon" Termizda bu turda "Paxtakor"ni mag'lubiyatga uchratdi. Jamoa bunday natijani 22 yildan so'ng yana takrorladi, oxirgi marotaba mezbonlar 2003 yil uyda "sherlar"ni enggan edi. 

- "Neftchi" 10 yildan so'ng o'z maydonida "So'g'diyona"ni yutdi. Farg'onaliklar so'nggi bor 2015 yil raqibini "Istiqlol"da taslim etishni uddasidan chiqqandi. 

- "Qizilqum" 6 yildan keyin Superligada "Navbahor" ustidan g'alabani tantana qildi. Oxirgi martta navoiyliklar 2019 yil raqibidan 3 ochko tortib olgan edi. 

- "Oltin izlovchilar" 520 kundan so'ng uyga qaytdi. 

- 7 yil, 2717 kundan so'ng yana G'uzor Superliga o'yiniga mezbonlik qildi. 


- "Qo'qon-1912" 7 yildan so'ng Toshkentda "Bunyodkor"ni yutdi (2:1). Jamoa 2018 yil bu ishni uddalagandi.

- "Xorazm" - "Nasaf" Superligada 15 yildan so'ng to'qnash keldi va durang qayd etdi.

Ўхшаш янгиликлар