- O'yin haqida
- Yaxshi o'yin bo'ldi, menga yoqdi. Biroq hakamlarning o'yindagi qarorlaridan qoniqmadim, ularning ustidan shikoyat yozaman. Birinchi taymda burchak zarbasi orqali urgan haqqoniy golimizni hisoblashmadi. Futbolchi birga-bir holatda yiqitilyapti, hushtak yo'q. "Olimpik"ning birinchi golida ofsayd bor edi. Futbolchilarga etiroz yo'q, ammo hakamlikdan noroziman.
- Jamoangiz o'yini ikkinchi gol va qizil kartochkadan keyin ancha kuchayib, hujumkorroq harakat qila boshladi. Jamoa xuddi shu o'yinini avvalroq ko'rsatishiga nima xalaqit qildi?
- Qizil kartochka o'yin oxirida ko'rsatildi. Jamoamiz ungacha vaziyatlar yaratmadimi? Albatta, vaziyatlarimiz ko'p edi. Bu – futbol. Yo'qotadigan narsamiz yo'q edi, shuning uchun hamma oldinga o'tdi. Orqada faqat ikki kishi qoldi.