"Evropa Ligasi g'olibi ECHL yo'llanmasiga ega bo'lmasligi kerak" - Arsen Venger

  • Mr.NoBoDy 05.05.2025 20:40
  • 99
  • 30

Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger evrokuboklar qoidalariga munosabatini bildirdi.

Bu haqda "beIN SPORTS" xabar bermoqda.

UEFAning 2014 yilda qabul qilgan qaroriga ko'ra, Evropa Ligasi g'olibi keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini avtomatik ravishda qo'lga kiritadi.

Vengerning fikricha, futbol mutasaddilari bu haqda o'ylab, qarorni qayta ko'rib chiqishlari kerak.

"Ular avtomatik ravishda Chempionlar Ligasiga emas, Evropa Ligasiga yo'llanma olishlari kerak. Ayniqsa, agar gap Chempionlar Ligasiga beshinchi o'rin bilan ham chiqishingiz mumkin bo'lgan APL haqida borsa. Boshqa tomondan, odamlar bu sovrin Evropa Ligasiga ko'proq motivaciya va qiziqish uyg'otish uchun zarurligini aytishi mumkin", – dedi Venger.

Eslatib o'tamiz, APLda quyi ligaga tushib ketish zonasiga yaqin o'rinlarni egallab turgan "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" ushbu mavsum Evropa Ligasi finalida o'ynashi mumkin.  

"Mail" xodimi Natan Solt EL so'nggi chempionlari ro'yxatini taqdim etdi:

23/24: "Atalanta" (chempionatda 4-o'rin)

22/23: "Sevilya" (12)

21/22: "Ayntraxt" (11)

20/21: "Vilyarreal" (7)

Ўхшаш янгиликлар