O‘zbekistonda ilk bor qizlar o‘rtasida U-12 chempionati start oladi!

  • Mr.NoBoDy 06.05.2025 20:05
  • 96
  • 30

O‘zbekistonda ilk bor 12 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha chempionat yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu musobaqa FIFAning League Development Programme (Ligalarni rivojlantirish dasturi) doirasida tashkil etilib, yurtimizda ayollar futbolini rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli loyihaning muhim bosqichidan biri hisoblanadi

Chempionatning asosiy maqsadlari:
• Kichik yoshdagi qizlar orasida futbolga qiziqishni oshirish;
• Yangi boshlayotgan futbolchi qizlar uchun doimiy o‘yin amaliyotini taqdim etish;
• Iqtidorli futbolchi qizlarni aniqlab, ularni akademiyalarga yo‘naltirish;
• Qizlar futboli bilan shug‘ullanayotgan murabbiylar va maktablarni qo‘llab-quvvatlash;
• Sog‘lom turmushni targ‘ib etish.

Chempionat mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi. Musobaqa 12 yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun mo‘ljallangan formatda — kichikroq maydonlar, vaqt va soddalashtirilgan qoidalar asosida o‘tkaziladi.

Ushbu loyihaning yo‘lga qo‘yilishi nafaqat ayollar terma jamoalarining kelajakdagi yutuqlariga poydevor bo‘lishiga, balki yurtimizda xotin-qizlar sporti va ommaviy futbolning jadal rivojlanishiga xizmat qiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar