​"Aston Villa" Martines ketsa, "Real" darvozabonini olib kelmoqchi

  • Mr.NoBoDy 06.05.2025 20:16
  • 99
  • 30

Darvozabon Andrey Lunin yozda "Real"ni tark etishi mumkin.

Futbolchiga asosiy davogar Angliyaning "Aston Villa" klubi bo'lib, u bilan shartnoma imzolash variantini faol ko'rib chiqmoqda.

Unai Emeri qo'l ostidagi "Aston Villa" Emiliano Martinesning ehtimoliy ketishiga tayyorgarlik ko'rmoqda. U Saudiya Arabistoni klublari yoki Evropa jamoalaridan biriga borib qo'shilishi mumkin. Agar argentinalik ketsa, Lunin uning o'rniga asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.


Bundan tashqari, "Real" rahbariyati Tibo Kurtua bilan shartnomani uzaytirishni va "Espanol"dan Joan Garsiyani sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu holatda Luninning darvozadan barqaror o'rin olish imkoniyati minimallashishini anglatadi.

26 yoshli Lunin joriy mavsum klub tarkibida 12 o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol o'tkazib yubordi va 4 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar