Kevin De Bryuyne "Siti"da qolishi mumkin, futbolchi yangi shartnoma imzolashga tayyor

  • Mr.NoBoDy 06.05.2025 21:00
  • 66
  • 30

Buning uchun Gvardiolaning fikri o'zgarishi lozim.

"Manchester Siti"ning 33 yoshli yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne klub rahbariyatiga, agar ular va "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning o'zining kelajagi haqidagi fikrlarini o'zgartirsa, shartnomani uzaytirishga tayyorligini malum qildi. Bu haqda Give me Sport xabar bermoqda.

Manba malumotlariga ko'ra, belgiyalik futbolchida hamon yuqori darajada o'ynay olishini isbotlash istagi kuchli. 33 yoshli yarimhimoyachi, shuningdek, kelgusi mavsumda jamoaga Angliya chempionligi unvonini qaytarib olishga yordam bera olishiga ishonch bildirmoqda. Shu sababli, "Manchester Siti" rahbariyati u bilan kelayotgan yozda muddati tugaydigan shartnomani uzaytirmasligini elon qilganda, De Bryuyne qattiq tushkunlikka tushgan. Keyin esa uning o'zi klubdan ketishini elon qilgandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar