"Leon"ning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan chetlatilgani haqidagi apellyasiyasi rad etildi.
Avvalroq "Leon" klubga egalik qilish qoidalarini buzgani uchun klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan chetlatilgan edi. Meksika klubi "Pachuka" bilan birga Grupo Pachuca kompaniyachiga tegishli. Qoidalarga ko‘ra, bir mulkdor yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan klublar musobaqada qatnasha olmaydi.
"Leon" va "Pachuka" Sport arbitraj sudiga (CAS) apellyasiya berishdi.
Marca xabariga ko‘ra, CAS ikkala klubning apellyasiyasini rad etgan va FIFAning "Leon"ni turnirdan chetlashtirish haqidagi qarorini o‘z kuchida qoldirgan. Sud qaroriga ko‘ra, FIFA reglamentga muvofiq harakat qilgan.
Shu tariqa, turnirning 32-ishtirokchisi "Los-Anjeles" va Meksikaning "Amerika" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi.
CAS "Alaxuelense"ning ham apellyasiyasini rad etdi. Kosta-Rika klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Leon"ing o‘rnini egallashi kerakligini ta’kidlagandi.